
Ijaraga oluvchi va u bilan birga doimiy yashaydigan boshqa fuqarolarning talabiga binoan va ijaraga beruvchining roziligi bilan uy-joyni ijaraga berish shartnomasidagi ijaraga oluvchi u bilan birga doimiy yashaydigan voyaga etgan boshqa bir fuqaro bilan almashtirilishi mumkin.
- Ijaraga oluvchi vafot etgan yoki u uy-joydan ketib qolgan taqdirda, shartnoma avvalgi shartlarda amal qilaveradi, avvalgi ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolarning umumiy kelishuviga binoan ulardan biri ijaraga oluvchi bo‘ladi.
- Agar bunday kelishuvga erishilgan bo‘lmasa, uy-joyda birgalikda doimiy yashaydigan fuqarolarning hammasi birgalikda ijaraga oluvchi bo‘ladilar.