Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4600 marta o'qildi

Nizom bilan paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi belgilandi.

Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislar 4 yilda kamida 1-marta malaka oshirishlari shart.

Mutaxassislarning kasbiy bilimi, ko‘nikmasi va mahoratini oshirish, zamon talablariga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Mutaxassislarni qayta tayyorlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  • pedagogik qayta tayyorlash;
  • kasbiy qayta tayyorlash;
  • maxsus o‘quv kurslarda o‘qitish.

Mutaxassislarning malakasini oshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  • to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish (ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish); 
  • ilmiy-tadqiqot muassasasida tajriba orttirish;
  • xorijda tajriba orttirish;
  • mustaqil o‘qib bilim orttirish;
  • masofaviy ta’lim.

Tinglovchilar qayta tayyorlash va maxsus o‘quv kurslari ta’lim dasturlarini o‘zlashtirib bo‘lgandan so‘ng Institut tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi. 

 

Chat