Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 20207 marta o'qildi

Nizomga muvofiq, Sportni rivojlantirish vazirligi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va sport sohasida yagona davlat siyosatini yuritadi.

Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi
  • har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar o‘rtasida sport bilan shug‘ullanishni ommalashtirish, ommaviy sport turlari va sog‘lom turmush tarzini yuritishga keng jalb etish borasida keng ko‘lamli ishlarni tashkil etish, ularni sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishga jalb etish, sport ta’limi tizimini takomillashtirish va raqamlashtirish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarga ega sportchilar zaxirasini yaratish;
  • sport infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, qishloq va chekka hududlarda sport ob’ektlarini ko‘paytirish, sport marketingini rivojlantirish, sport ob’ektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda sohani bosqichma-bosqich to‘liq raqamlashtirish, nodavlat sport ob’ektlari va muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
  • mamlakatimizda professional sportni, shu jumladan, jamoaviy, qishki va ekstremal sport turlarini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, barcha sport turlari bo‘yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalar tashkil etish, nosog‘lom sportga qarshi tizimli choralar ko‘rishni ta’minlash;
  • Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash uchun istiqbolli sportchlarni tayyorlash;
  • paralimpiya harakatini rivojlantirish, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlarni kengaytirish, infratuzilma yaratish, iqtidorli sportchilarni saralab olish (selektsiya ishlarini amalga oshirish) va professional sportga yo‘naltirish, malakali mutaxassislarni tayyorlash.

Shuningdek, Vazirlik O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi.

Vazirlik tarkibiga quyidagi OTMlar kiradi:      

  • O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Farg‘ona filiallari;
  • “Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasining Samarqand filiali.
  • Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning Nukus, Samarqand va Farg‘ona filiallari;
O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining yagona ishonch telefoni: +998-71-239-24-52
Chat