O‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma har bir o‘lim hollarida tibbiy muassasa yoki sud-tibbiy ekspertiza byurosi tomonidan beriladi.
- FHDYo organlariga o‘lim haqidagi guvohnoma hamda dafn marosimiga bir martalik nafaqa pulini to‘lash uchun ma’lumotnoma olish uchun taqdim etiladi.
- O‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma uni to‘ldirgan shifokor (felьdsher) yoki sud-tibbiy ekspertiza byurosi eksperti tomonidan imzolanib, tibbiy muassasa yoki sud-tibbiy ekspertiza byurosining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
- O‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma yo‘qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda manfaatdor shaxsning yozma arizasiga ko‘ra «dublikat» belgisi qo‘yilgan yangi o‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma to‘ldirilib berilishi mumkin.
Vakolatli organ: tibbiy muassasalar va sud-tibbiy ekspertiza byurolari.
Taqdim etiladigan hujjatlar: shifokor tomonidan bemor sog‘lig‘ini kuzatish natijalari, uning o‘limigacha bo‘lgan sog‘lig‘i holatini batafsil yorituvchi tibbiy hujjatlarga patologoanatomik tekshiruv natijasi bo‘yicha tuzilgan xulosa.
Xizmat uchun to‘lov: bepul.