
Respublika velosport mahorat maktab-internati Toshkent shahri, Olmazor tumani, Muxbir ko‘chasi, 12-uy manzilida faoliyat yuritadi va Sport vazirligi tizimiga kiradi.
Maktab-internatning umumiy o‘quvchilar kontingenti 100 nafar.
Velosport turlari bo‘yicha belgilangan sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar har yili 6–11-sinflarga qabul qilinadi.
O‘quvchilarga olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari o‘quvchilari uchun belgilangan oziq-ovqat normalari tatbiq etiladi.