Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9391 marta o'qildi
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga sanitariya maqsadlarida, shuningdek, binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish va rekonstruktsiya qilish bilan bog‘liq holatlarda yo‘l qo‘yiladi, bundan ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlari mustasno.

Daraxtlar va butalarni kesish to‘lov asosida amalga oshiriladi, bundan sanitariya maqsadida kesish hollari mustasno.

  • Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma PASPORTI
  • Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma.

Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqish muddati davomida:
  • hujjatlarni tekshiradi;
  • zaruratga ko‘ra boshqa davlat organlarida mavjud, qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni «Litsenziya» AT orqali mustaqil ravishda oladi;
  • daraxtlar va butalar holatini joyiga chiqib o‘rganadi;
  • daraxtlar va butalarni kesish bo‘yicha jamoatchilik eshituvini amalga oshiradi va uning xulosasini shakllantiradi;
  • daraxtlar va butalarni saqlab qolish imkoniyatlarini, shu jumladan, ko‘chirib o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqadi hamda ko‘chirib o‘tkaziladigan daraxtlar va butalarning soni, turi, muddatlari va ko‘chirish joyini aniqlaydi;
  • saqlab qolishning iloji bo‘lmagan taqdirda, kesilishi lozim bo‘lgan daraxtlar va butalar sonini belgilaydi hamda kompensatsiyaviy ekiladigan daraxtlar va butalarning soni, turi hamda ekish muddati va joyini aniqlaydi.

Yuridik va jismoniy shaxslarga har bir kesilgan daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesilgan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan yirik o‘lchamli (daraxt — 5 yillik, buta — 3 yillik) ko‘chatni ekish hamda ularni kamida 2 yil davomida parvarish qilish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyat yuklatiladi.

Bunda daraxt va butalarni kesish uchun ruxsatnoma berilganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan yig‘imni to‘laganlik yuridik va jismoniy shaxslarni kompensatsiyaviy ekish hamda parvarish qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.

  • Daraxtlar va butalarni ko‘chirib o‘tkazish ishlari Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari vakillari ishtirokida er uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari yoki ijarachilari tomonidan amalga oshiriladi.
  • Kompensatsiyaviy ekish ishlari Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari vakillari, er uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari yoki ijarachilari ishtirokida amalga oshiriladi.

Sanitariya maqsadida daraxtlar va butalarni kesish:
  • quriyotgan yoki qurib qolgan;
  • dekorativ xususiyatini yo‘qotish natijasida hovli, ko‘cha va boshqa jamoat joylarining ko‘rinishini buzib turgan;
  • kasallikka chalingan;
  • kasallik tarqatuvchi hayvonlar va hasharotlarning manbaiga aylangan;
  • odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf solayotgan holatlarda amalga oshiriladi.

Daraxtlar va butalarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yo‘q qilganlik yoki ko‘chirib o‘tkazganlik uchun aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Hamda:
  • ushbu belgilangan miqdorlarda zarar hisoblanib, tegishli tartibda undiriladi;
  • noqonuniy tayyorlangan mahsulotlar (yog‘och, o‘tin va boshqalar) huquqbuzardan olib qo‘yiladi;
  • huquqbuzarga har bir kesilgan daraxt va buta uchun 100 tup ko‘chatni kompensatsiya tarzida ekish hamda ularni kamida uch yil davomida parvarish qilish majburiyati yuklatiladi. Bunda Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari mansabdor shaxslari tomonidan huquqbuzarga kompensatsiyaviy ekish joyi va muddatini belgilagan holda majburiy ko‘rsatma beriladi. Kompensatsiyaviy ekish ishlari ushbu belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari mansabdor shaxslari majburiy ko‘rsatmalarini bajarmaslik huquqbuzarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.

Moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pog‘ona pasaytiriladi.

  • Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish va parvarish qilish SXEMASI.
  • Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish SXEMASI.
  • Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish bilan ularga etkazilgan zararni undirish MIQDORLARI.

Шаблон ва шакллар намуналари

Chat