Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15984 marta o'qildi

Ruxsatnoma qanday doirada amal qiladi?

O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish tasdiqlangan kvotalar doirasida amalga oshiriladi.

Ruxsatnoma egasi faqat hujjatda belgilangan o‘simlik turi, hajm, hudud, muddat va boshqa shartlar doirasida faoliyat yuritishi kerak.

Ruxsatnomaga o‘zboshimchalik bilan tuzatish yoki qo‘shimcha kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tabiatni tiklash bo‘yicha majburiyat bormi?

Ha. Yovvoyi o‘simliklarni tayyorlash ishlari amalga oshirilayotgan hududlarda o‘simliklarning tabiiy o‘sish joylarini saqlash, qayta tiklash va zarur hollarda buzilgan o‘simlik hamda tuproq qoplamini rekulьtivatsiya qilish choralari ko‘rilishi kerak.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda maxsus foydalanish ushbu hudud uchun belgilangan rejimga muvofiq amalga oshiriladi.

Ruxsatnomani boshqa shaxsga berish mumkinmi?

Ruxsatnoma muayyan ariza beruvchiga beriladi. Tabiatdan foydalanish ustidan davlat nazoratini ta’minlash maqsadida yovvoyi o‘simliklarni yig‘ishga berilgan ruxsatnomani boshqa shaxsga o‘zboshimchalik bilan o‘tkazish mumkin emas.

Ariza beruvchining ishonchli vakili qonunchilikda belgilangan tartibda uning nomidan harakat qilishi mumkin.

Ruxsatnoma tugagach nima qilish kerak?

Ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganidan keyin 10 ish kuni ichida vakolatli organga qisqa hisobot taqdim etiladi.

Hisobotda:

  • yig‘ilgan yoki tayyorlangan o‘simlik hajmi;
  • foydalanish vaqti;
  • o‘simlik yig‘ilgan joy ko‘rsatiladi.

Ruxsatnoma olishning asosiy parametrlari qanday?

Arizani ko‘rib chiqish uchun BHMning 30 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi. Arizani ko‘rib chiqishning amaldagi muddati — 10 ish kuni.

O‘simlikning turi va foydalanish hajmiga qarab maxsus foydalanish uchun alohida to‘lov ham hisoblanishi mumkin.

Eslatma: ruxsatnoma mavjudligi kvotadan ortiq yoki ruxsatnomada ko‘rsatilmagan boshqa hududda o‘simlik yig‘ish huquqini bermaydi.

Chat