
Korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etish — tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berish yoxud korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq qidiruv e’lon qilingan shaxslarni topishda yordam ko‘rsatish.
a) korrupsiyaga oid ma’muriy huquqbuzarlik haqida berilgan xabar uchun — BHMning 3 baravari miqdorida;
b) pora summasi yoki etkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning 30 baravarigacha bo‘lsa:
v) pora summasi yoki etkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning 30 baravaridan 100 baravarigacha bo‘lsa:
g) pora summasi yoki etkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning 100 baravaridan ko‘p bo‘lsa, quyidagi foiz hisobida hisoblanadi:
Bunda pora summasi yoki etkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulk qiymatini foizlarda hisoblashda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorning eng kam miqdoridan kelib chiqiladi.
d) qidiruvda bo‘lgan shaxsning yashiringan joyi haqida xabar berganligi uchun BHMning 5 baravari, ikki yoki undan ortiq qidiruvda bo‘lgan shaxslarning yashiringan joyi haqida bir vaqtda xabar berganligi uchun esa — BHMning 7 baravari miqdorida.
Korrupsiyaga oid jinoyatlarni tergov qilish va uni fosh etishda ahamiyatga ega bo‘lgan dalillar haqida korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlarga xabar berganlik yoki bunday toifadagi jinoyatlarni tergov qilish yoxud tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda bevosita ko‘maklashganlik uchun shaxs tashakkurnoma yoki esdalik sovg‘a shaklida rag‘batlantirish tarzida taqdirlanadi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari bundan mustasno.
Esdalik sovg‘a qiymati BHM 2 baravaridan oshmasligi lozim.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish masalasi korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlar huzurida tuziladigan maxsus komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ maxsus komissiyaning qarori asosida 1 ish kuni ichida bir martalik pul mukofoti yoki esdalik sovg‘asi bilan taqdirlash haqida qaror chiqaradi.
Bir martalik pul mukofoti xarajatlar smetasiga o‘zgartirish kiritilgandan so‘ng 10 ish kuni ichida shaxslarning shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi, esdalik sovg‘asi esa qonun hujjatlariga muvofiq sovg‘a qilinadigan buyum xarid qilingandan so‘ng 5 ish kuni ichida topshiriladi.