Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10735 marta o'qildi

Trenyer — trenyerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan hamda o‘quv-mashq, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazishni, shuningdek, sport natijalariga erishish uchun bellashuv faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs.

Trenyerlar attestatsiyadan har 5 yilda bir marta o‘tkaziladi.

Vakolatli organ:
  • Trenyerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha Respublika komissiyasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Syertifikatlashtirish va kompьyutyerlashtirish markazi – ishchi organ.

Taqdim etilayotgan hujjatlar:
  • ariza;
  • pasport nusxasi;
  • o‘rta maxsus, oliy yoki qayta tayyorlov kasbiy jismoniy tarbiya ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom(lar) (agar talabgor oliy ta’lim muassasasida sirtqi, maxsus sirtqi, kechki ta’lim olayotgan bo‘lsa, u holda ta’lim muassasasidan o‘qiyotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma) nusxasi;
  • diplomda ko‘rsatilgan mutaxassislik yoki ixtisoslikdan tashqari boshqa yo‘nalish bo‘yicha trenyerlik foliyatini yurituvchi shaxsga esa tanlagan sport turi bo‘yicha sport fedyeratsiyalarining tavsiyasi (mavjud bo‘lsa);
  • ilmiy unvoni yoki darajasini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (mavjud bo‘lsa);
  • ish joyi bo‘yicha tasdiqlangan mehnat daftarchasining nusxasi yoki undan ko‘chirma (mavjud bo‘lsa);
  • sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi tibbiyot (psixiatriya, narkologiya va fiziologiya) muassasalarining ma’lumotnomalari;
  • oxirgi 5 yil ichida tayyorlagan sportchilari, ularning tuman (shahar), viloyat, respublika va xalqaro sport musobaqalarida erishgan yutuqlarini hamda o‘quv-myetodik faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
  • kvitansiya.

Xizmat uchun to‘lov:  BHMning 1 baravari.

Chat