Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4116 marta o'qildi

Hukumat qarori (99-son, 23.02.2021-y.) bilan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

2021-yil 1-martdan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha BHMning 50 foizi miqdorida har oyda kompensatsiya pul to‘lovlari to‘lanishi belgilandi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etayotgan ko‘chaboshi va uyboshilar faoliyati samaradorligi bir qator asosiy ko‘rsatkichlar orqali baholanadi.

Mazkur shaxslar faoliyatini baholashda ular biriktirilgan ko‘cha yoki uyda kamida 3 oy davomida faoliyat ko‘rsatganligi inobatga olinadi va mezonlardan kelib chiqqan holda 70 balldan yuqori ball to‘plagan taqdirda to‘lanadi.

Kompensatsiya pul to‘lovlari to‘lanishi ko‘chaboshi va uyboshilar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etmasa muddatidan oldin to‘xtatiladi.

Mazkur kompensatsiya pul to‘lovlari mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Qambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari orqali amalga oshiriladi.

  • Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish SXEMASI.
Chat