Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13968 marta o'qildi

Fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) vakolatlari
  • fuqarolar yig‘inini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishini) chaqiradi;
  • fuqarolar yig‘iniga — mas’ul kotibining, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar hamda taftish komissiyasi raislari va a’zolarining nomzodlarini, fuqarolar yig‘ini kengashiga — harbiy hisobni yuritish bo‘yicha xodimning nomzodini tasdiqlash uchun taqdim etadi;
  • davlat organlarida, shu jumladan sudda, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fuqarolar yig‘inining manfaatlarini ifodalaydi, fuqarolar yig‘ini nomidan shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi;
  • fuqarolar yig‘ini mablag‘larini qonunchilikka muvofiq tasarruf etadi;
  • tegishli hududda maslahat markazlari ishini tashkil etadi;
  • egasiz mol-mulkni, meros tariqasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga o‘tgan mol-mulkni, shuningdek davolash muassasalarida turganligi munosabati bilan vaqtincha bo‘lmagan yolg‘iz shaxslarning mol-mulkini, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida yoki vasiylik va homiylikda turgan, oilaga tarbiyaga topshirilgan etim bolalarning, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning mol-mulkini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi;
  • spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni suiiste’mol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risida yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza beradi;
  • va boshqalar.

Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) belgilangan namunadagi guvohnomaga ega bo‘ladi

Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) belgilangan tartibda o‘limni qayd etishi mumkin.

Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) xat-xabarlarni, shu jumladan pul va posilkalarni olishga, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa to‘lovlarni olishga, mualliflar va ixtirochilarga to‘lanadigan haqlarni, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek banklardan summalarni olishga ishonchnomalarni belgilangan tartibda tasdiqlashi mumkin.

Chat