Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8323 marta o'qildi

Oila, xotin-qizlar va keksa avlod vakillari bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, mahallalarni qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish, mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va o‘zaro hamkorligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (01.03.2022-yildagi PF-81-son) qarori qabul qilindi.

Quyidagilar oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi
  • xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish;
  • gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish;
  • hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish;
  • turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni belgilash;
  • og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish, ularni «Ayollar daftari» orqali manzilli qo‘llab-quvvatlash;
  • jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
  • oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash va ularning farovonlik darajasini oshirish.

Respublikada oila va xotin-qizlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, ularning muammolariga tizimli echim topish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo‘linmalari tashkil etildi.

Quyidagilar Qo‘mitaning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
  • xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta’minlash, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish;
  • oila va xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish;
  • xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylardagi xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish;
  • xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • xotin-qizlar yo‘nalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga yordam ko‘rsatish.

Har bir shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek, shahar, shaharchalar, qishloq va ovullarning har bir mahallasida bittadan faol ayol lavozimi joriy etildi.

Quyidagilar nuroniy va keksalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
  • ijtimoiy hamjihatlik va adolatlilik tamoyillari asosida keksa avlod vakillarining hayot sifati va uzoq umr ko‘rish darajasini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
  • keksa avlod vakillariga o‘z vaqtida, manzilli va samarali ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash, ularga sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, ta’lim, madaniyat va transport tizimlaridan keng foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
  • keksa avlod vakillarining kafolatli ijtimoiy va moddiy ta’minotini tashkil etish;
  • zamonaviy iqtisodiyotda keksa avlod vakillarining huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirib borishga sharoitlar yaratish;
  • keksa avlod vakillarining tizimli ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish.

Quyidagilar Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
  • mahallalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • mahallalarning jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeini yuksaltirish;
  • nuroniy va keksalarni mahallalarda oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgulik va rahmdillik singari an’analarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga keng jalb etish;
  • nuroniy va keksalarni qo‘llab-quvvatlash sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosi, shu jumladan hududlarda, ayniqsa, olis qishloqlarda keksa avlod vakillariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishini muvofiqlashtirib borish;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda hal etish choralarini ko‘rish;
  • mahallalarning moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Mahalla raisiga quyidagi qo‘shimcha huquqlar berildi

Chat