Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13089 marta o'qildi

Vazirlik nuroniy va keksalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, mahallalar bilan hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.

Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
  • mahallalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • mahallalarning jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeini yuksaltirish;
  • nuroniy va keksalarni mahallalarda oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgulik va rahmdillik singari an’analarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga keng jalb etish;
  • nuroniy va keksalarni qo‘llab-quvvatlash sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosi, shu jumladan, hududlarda, ayniqsa, olis qishloqlarda keksa avlod vakillariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishini muvofiqlashtirib borish;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda hal etish choralarini ko‘rish;
  • fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • jamiyatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyili to‘laqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama ko‘maklashish.

  • Toshkent, 100031, Mirobod ko‘chasi 15
  • Metro: Kosmonavtlar bekati
  • Avtobuslar: № 97, 196
  • Devonxona: (998 71) 239-41-21 (308)
  • E-mail: info@mehnat.uz

O‘zbekiston Respublikasi Qambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Chat