«Nuroniy» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ayrim toifadagi keksalar uchun qo‘llab-quvvatlash choralari belgilangan.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz va yolg‘iz yashaydigan keksalar har yili bir marta sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi.
Sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarga shifokor retsepti asosida:
Og‘ir tashxisli kasalligi yoki nogironligi bo‘lgan keksalar uchun shifokor retseptiga muvofiq 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalari qiymatining 50 foizigacha kompensatsiya qilish nazarda tutilgan.
Keksalarning sport muassasalarida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun abonement xarajatlari qoplanishi mumkin.
Bunda bir oylik abonement xarajati 2 BHMdan oshmasligi kerak. Davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxini to‘liq qoplab berish ham nazarda tutilgan.
Mahallalarda katta hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega faol nuroniylarni oilalar bilan manzilli ishlashga jalb etish tizimi joriy etilgan.
Faol nuroniylar, jumladan:
2026-yildan ushbu mexanizmda «kambag‘al oilalar» o‘rniga Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar tushunchasi qo‘llaniladi.
Faol nuroniylarni tanlash va ularni oilalarga biriktirishda «Nuroniy» jamg‘armasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi va tegishli davlat organlari hamkorlik qiladi.
Keksa fuqaro qo‘llab-quvvatlash choralariga ehtiyoj sezsa, mahalladagi mas’ullar yoki «Nuroniy» jamg‘armasining tegishli hududiy tuzilmasi orqali o‘z masalasini ko‘tarishi mumkin.