Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3084 marta o'qildi

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqli.

Prokuror, yuqori turuvchi prokuror birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori ustidan, agar ish bo‘yicha prokuror ishtirok etgan bo‘lsa, shuningdek taraflarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda, kassatsiya protesti keltirishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno.
Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori va apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori ustidan to‘liq yoki qisman kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘radigan sud

Birinchi instantsiya sudining apellyatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati

Kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instantsiyasi sudi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir yil ichida berilishi mumkin.
Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha kassatsiya instantsiyasi sudi tomonidan, agar iltimosnoma kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tgan kundan e’tiboran uch oy ichida berilgan va kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin.
Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.

Kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

  • kassatsiya shikoyati (protesti) yo‘llanayotgan sudning nomi;
  • shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
  • ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini, qarorni qabul qilgan sudning nomi;
  • ishning raqami, hal qiluv qarori, qaror qabul qilingan sana, nizo predmeti;
  • shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari va shaxs qonunlarga yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ish holatlariga hamda dalillarga havola qilingan holda sud hujjatini noto‘g‘ri deb hisoblash uchun keltirgan asoslar;
  • shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.

Kassatsiya shikoyatida uni berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.

Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar

Chat