Sanoat namunasi buyumning tashqi ko‘rinishini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik echimidir.
U huquqiy muhofaza olishi uchun yangi va original bo‘lishi kerak. Ushbu talablarga muvofiqlik davlat ekspertizasi jarayonida baholanadi.
Sanoat namunasiga patent talabnomasi, jumladan:
Talabnoma:
Talabnomaning davlat ekspertizasini Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» o‘tkazadi.
Rasmiy ekspertiza talabnoma kelib tushgan sanadan 2 oy o‘tgandan keyin 1 oy davomida o‘tkaziladi. Tezkor tartib so‘ralganda rasmiy ekspertiza iltimosnoma kelib tushganidan keyin 1 oy davomida amalga oshiriladi.
Talabnoma ko‘rib chiqishga qabul qilingach, mohiyati bo‘yicha ekspertiza uchun patent boji qaror sanasidan 3 oy ichida to‘lanadi.
Mohiyati bo‘yicha ekspertiza oddiy tartibda talabnoma kelib tushganidan 6 oy o‘tgandan keyin 2 oy davomida, tezkor tartibda esa qabul qilish to‘g‘risidagi qarordan 1 oy ichida o‘tkaziladi.
Sanoat namunasining bitta varianti uchun:
Agar talabnomada bir nechta variant bo‘lsa, qo‘shimcha variantlar uchun ham belgilangan patent bojlari undiriladi. Ijobiy qarordan keyin ro‘yxatdan o‘tkazish, e’lon qilish va patentni berish uchun alohida bojlar mavjud.
Sanoat namunasi patenti talabnoma berilgan sanadan 10 yil amal qiladi.
Patent egasining iltimosnomasiga ko‘ra uning amal qilish muddati 5 yilga uzaytirilishi mumkin.
Davlat ekspertizasining qarori ustidan belgilangan tartibda Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga apellyatsiya berish mumkin.
Eslatma: sanoat namunasi texnik vazifani emas, avvalo buyumning tashqi ko‘rinishiga oid badiiy-konstruktorlik echimini muhofaza qiladi. Texnik echim ixtiro yoki foydali modelь sifatida boshqa mezonlar bo‘yicha baholanadi.