Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2950 marta o'qildi

Referendum uchastkalari tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda, referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga mumkin qadar ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida tuziladi. Referendum uchastkalari harbiy qismlar, sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan erlardagi fuqarolar turgan joylarda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ham tuziladi. Bu uchastkalar o‘zlari joylashgan erdagi referendum okruglariga kiradi.

  • Referendum uchastkalari O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilishi mumkin. O‘zbekistondan tashqarida tuziladigan referendum uchastkalarini tegishli okrugga birkitish to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.
  • Referendum uchastkalari tumanlar, shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari tomonidan tuziladi. Harbiy qismlarda referendum uchastkalari qismlar yoki harbiy qo‘shilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan tuziladi. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.

Referendum uchastkalari referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin 15 besh kundan kechikmay tuziladi. Harbiy qismlarda, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan erlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ham referendum uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa istisno tariqasida referendum o‘tkazishga kamida 5 kun qolganda tuziladi.

Referendum uchastkalari referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning, qoida tariqasida, kamida 20 va ko‘pi bilan 3 000 nafaridan iborat etib tuziladi.

Chat