Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9951 marta o'qildi

Mehnat shartlari deganda ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq xodimning mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining majmui tushuniladi.

  • Ijtimoiy omillar jumlasiga mehnatga haq to‘lash miqdori, ish vaqtining, ta’tilning davomiyligi va boshqa shartlar kiradi.    
  • Ishlab chiqarish omillari jumlasiga texnika, sanitariya, gigienaga oid, ishlab chiqarish-maishiy va boshqa shartlar kiradi.

Mehnat shartnomasini o‘zgartirish asoslari qo‘yidagilar:
  • mehnat shartlarining o‘zgarishi;
  • xodimning boshqa ishga o‘tkazilishi;
  • ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi munosabati bilan joyning o‘zgarishi;
  • xodimning boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilishi;
  • mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ish joyining o‘zgarishi.

Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish huquqi:
  • Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasiga ko‘ra ishni davom ettirayotganda ish beruvchidan mehnat shartlarini o‘zgartirishni talab qilishga haqlidir.
  • Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi arizasi u berilgan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmay ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.
  • Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi talablarini qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi unga rad etishning sababi to‘g‘risida yozma shaklda xabar qilishi kerak. Xodimga uning talablarini qanoatlantirishni rad etish sabablarini xabar qilmaslik xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish rad etilganligi ustidan shikoyat qilishi uchun monelik qilmaydi.

Ish beruvchining mehnat shartlarini xodimning roziligisiz o‘zgartirish huquqi:
  • Agar texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmlarining qisqarganligi munosabati bilan avvalgi mehnat shartlari saqlab qolinishi mumkin bo‘lmasa, ish beruvchi xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasini davom ettirayotganida xodimning roziligisiz mehnat shartlarini o‘zgartirishga haqli.
  • Agar Mehnat Kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi o‘zgarishi haqida xodimni kamida ikki 2 oldin yozma shaklda, imzo qo‘ydirib ogohlantirishi shart. Ko‘rsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
  • va boshqalar.

Xodimni boshqa ishga o‘tkazish muddati

  • Xodimni boshqa ishga doimiy o‘tkazishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
  • Xodimning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra boshqa ishga doimiy o‘tkazish.
Chat