Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 19864 marta o'qildi

Dam olish vaqti xodim mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo‘lgan va o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir.

Dam olish vaqtining turlari quyidagilardan iborat:

  • ish kuni (smena) davomidagi tanaffuslar;
  • har kungi (smenalar oralig‘idagi) dam olish;
  • dam olish kunlari (har haftalik uzluksiz dam olish);
  • ishlanmaydigan bayram kunlari;
  • har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari;
  • xodimning istagiga ko‘ra dam olish kunida yoki ishlanmaydigan bayram kunida ishlaganlik uchun kompensatsiya sifatida taqdim etiladigan ishdan bo‘sh bo‘lgan qo‘shimcha kunlar, shuningdek qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan har bir kundan keyin donorlarga beriladigan dam olish kuni.

Xodimning qonunchilik bilan kafolatlangan dam olish huquqini cheklaydigan, shu jumladan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan dam olish vaqtining davomiyligini qisqartirishni nazarda tutadigan jamoa kelishuvlarining, shuningdek jamoa shartnomasining va ish beruvchining boshqa ichki hujjatlarining qoidalari, mehnat shartnomasining shartlari haqiqiy emas.

Chat