Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10330 marta o'qildi

Kafolatli to‘lovlar xodim ushbu Kodeksga, boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod qilingan yoxud o‘z ixtiyoriga zid tarzda ishlash imkoniyatidan mahrum bo‘lgan vaqt uchun o‘rtacha ish haqi yoki tarif stavkasi (maosh) miqdoridagi pul to‘lovlaridir.

  • Kafolatli qo‘shimcha to‘lovlar ushbu Kodeksda va mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda xodimga u muayyan sabablarga ko‘ra o‘z mehnat vazifalarini to‘liq hajmda bajara olmaganda, ushbu xodimning o‘rtacha ish haqini saqlab qolish maqsadida to‘lanadigan pul summasi hisoblanadi.

Ish beruvchining xodimga kafolatli to‘lovlarni amalga oshirish majburiyati:

Ish beruvchi xodimga:

  • xodim jamoaviy muzokaralarda, jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlashda ishtirok etgan davr;
  • xodimlarning vakillari bo‘lgan va ishlab chiqarish ishlaridan ozod qilinmagan shaxslar tomonidan xodimlarning vakilligi va ularning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vazifalar bajarilgan davr;
  • mehnat nizolari bo‘yicha komissiya a’zosi ushbu komissiya ishida ishtirok etgan davr;
  • xodim mehnatni muhofaza qilish sohasida o‘quvdan hamda bilim va ko‘nikmalar tekshiruvidan yoki majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘zining aybisiz o‘tmaganligi sababli ishdan chetlashtirilgan davr;
  • xodim o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganligi tufayli ishdan chetlatilgan davr;
  • xodim yillik mehnat ta’tilida bo‘lgan davr;
  • ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan va nuqsonga yo‘l qo‘yilgan davr;
  • ish beruvchining aybi bilan mehnat normalari bajarilmagan, mehnat (lavozim) majburiyatlari ijro etilmagan davr;
  • Batafsil.

Ish beruvchi quyidagi kafolatli qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishi shart:
  • ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor turib qolish chog‘ida bunday bekor turib qolish davom etgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblangan, tarif stavkasining (maoshning) kamida uchdan ikki qismini to‘lashi;
  • ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra xodim tomonidan mehnat normalari, mehnat (lavozim) majburiyatlari bajarilmaganda xodimning amalda ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda hisoblangan tarif stavkasining (maoshning) kamida uchdan ikki qismini saqlab qolishi;
  • tungi vaqtdagi ish uchun xodimga qo‘shimcha to‘lovni amalga oshirishi;
  • dam olish, ishlanmaydigan bayram kunlaridagi va ish vaqtidan tashqari ish uchun oshirilgan miqdorda haq to‘lashi;
  • o‘zi uchun ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilangan xodimlarga to‘liq ish vaqtida ishlovchi tegishli toifadagi xodimlar uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash miqdorigacha bo‘lgan qo‘shimcha to‘lovni amalga oshirishi;
  • Batafsil.

Ish beruvchi xodimning davlat va jamoat majburiyatlarini bajarish vaqtida uni ishdan ish joyini (lavozimini) va o‘rtacha oylik ish haqini saqlagan holda quyidagi hollarda ozod etishi shart:
  • saylov huquqini amalga oshirayotganda;
  • deputatlik vazifalarini, shuningdek o‘z vakolatlarini ishlab chiqarishdan yoki xizmat faoliyatidan ajralmagan holda amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining vazifalarini bajarayotganda;
  • tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ishida ishtirok etayotganda;
  • harbiy majburiyatlarni bajarayotganda;
  • tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis sifatida chaqirilganda;
  • sud majlislarida xalq maslahatchisi, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalarining vakili sifatida ishtirok etayotganda;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya faoliyatida ishtirok etganda;
  • xodim davlat va jamiyat manfaatlarini ko‘zlab harakatlarni amalga oshirganda (avariyalar, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, inson hayotini saqlab qolish, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish, shuningdek boshqa hollarda);
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunida yoki Prezidentining farmonlari va qarorlarida yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirganda xodimlarga kafolatli to‘lovlar.

Chat