Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi mehnat shartnomasi tarafining boshqa tarafga etkazilgan ziyonning o‘rnini ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda qoplash majburiyatini ifodalaydigan yuridik javobgarlikdir.
Mehnat shartnomasi tarafining moddiy javobgarligi, agar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasi tarafining aybli g‘ayriqonuniy qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) natijasida ushbu shartnomaning boshqa tarafiga etkazilgan zarar uchun hamda aybli g‘ayriqonuniy qilmish va etkazilgan zarar o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqasi mavjudligi uchun yuzaga keladi.
Agar ish beruvchining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bilan xodimga jismoniy yoki ma’naviy azob etkazilgan bo‘lsa, xodimga etkazilgan ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi lozim.