Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8063 marta o'qildi

Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi mehnat shartnomasi tarafining boshqa tarafga etkazilgan ziyonning o‘rnini ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda qoplash majburiyatini ifodalaydigan yuridik javobgarlikdir.

  • Zarar etkazilgandan keyin mehnat shartnomasining bekor qilinishi ushbu shartnoma tarafini moddiy javobgarlikdan ozod etmaydi.
  • Mehnat shartnomasi yoki unga yozma shaklda tuziladigan qo‘shimcha kelishuv, shuningdek jamoa shartnomasi mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligini aniqlashtirishi mumkin.

Mehnat shartnomasi tarafining moddiy javobgarligi, agar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasi tarafining aybli g‘ayriqonuniy qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) natijasida ushbu shartnomaning boshqa tarafiga etkazilgan zarar uchun hamda aybli g‘ayriqonuniy qilmish va etkazilgan zarar o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqasi mavjudligi uchun yuzaga keladi.

Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga etkazilgan ziyonning o‘rnini qoplashi shart:
  • xodim mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilinganda;
  • xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga ziyon etkazilganda;
  • xodimga ish haqi to‘lash va unga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlar kechiktirilganda;
  • xodimning mol-mulkiga ziyon etkazilganda.

Agar ish beruvchining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bilan xodimga jismoniy yoki ma’naviy azob etkazilgan bo‘lsa, xodimga etkazilgan ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi lozim.

Chat