Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11007 marta o'qildi

Ish beruvchi har yilning 1 dekabrigacha tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan xodimlar ro‘yxatini aniqlaydi va tibbiy muassasaga taqdim etadi.

Quyidagilar ishga kirayotganda dastlab va keyinchalik ish davomida tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar:
  • 18 yoshga to‘lmaganlar;
  • 60 yoshga to‘lgan erkaklar, 55 yoshga to‘lgan ayollar;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lganlar;
  • transport harakati bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlar;
  • oziq-ovqat sanoatida ishlaydiganlar;
  • aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda band bo‘lganlar;
  • ta’lim muassasalarining pedagog va boshqa xodimlari.

Majburiy tibbiy ko‘riklar tashkilotlarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan erdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan o‘tkaziladi.

Majburiy tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish majburiyati qonunchilikka muvofiq majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan shaxslar boshqa ishga o‘tkazilgan taqdirda ham ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.

  • Xodimlar majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tishi munosabati bilan chiqimdor bo‘lmaydi.
  • Xodimlar majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas.

Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.

Agar xodim sog‘lig‘ining yomonlashishi mehnat sharoitlari bilan bog‘liq deb hisoblasa, u navbatdan tashqari majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishni talab qilish huquqiga ega.

Majburiy tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.

Chat