Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5348 marta o'qildi

Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasi ish beruvchi va o‘quvchi (ish beruvchida ishlayotgan shaxs yoki ish qidirayotgan shaxs) o‘rtasida mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralgan yoki ajralmagan holda ta’lim olish uchun tuzilgan, kasbiy bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni o‘rganish to‘g‘risidagi yoki qayta tayyorlash haqidagi kelishuvdir.

Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasining mazmuni.

  • Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasi muayyan ishni bajarish uchun talab etiladigan malakani olish uchun zarur bo‘lgan muddatga tuziladi.
  • Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasi kamida ikki nusxada, yozma shaklda tuzilib, bir xil yuridik kuchga ega bo‘ladi va ularning har biri taraflar tomonidan imzolanadi.

Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasi ushbu shartnomada ko‘rsatilgan sanadan e’tiboran unda nazarda tutilgan muddat mobaynida amal qiladi.

O‘quvchining hafta ichidagi ishlab chiqarish ta’limi vaqti xodimlarning mazkur toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasidan oshmasligi kerak.

Ishlab chiqarish ta’limini muvaffaqiyatli tamomlagan ish qidirayotgan shaxslarga o‘zi ta’limni o‘tagan ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzilganda sinov muddati belgilanmaydi.

Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasi ishlab chiqarish ta’limining muddati tugaganidan keyin yoki ushbu shartnomada nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha bekor qilinadi.

Chat