Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5590 marta o'qildi

Ish vaqtining davomiyligi 16 dan 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun haftasiga 36 soatdan oshmaydigan, 15 dan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun esa haftasiga 24 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

O‘quv yili davomida o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlayotgan o‘quvchilarning ish vaqti davomiyligi ushbu moddaning birinchi qismida tegishli yoshdagi shaxslar uchun nazarda tutilgan ish vaqti eng ko‘p davomiyligining yarmidan oshishi mumkin emas.

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi:
  • 15 dan 16 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun — olti kunlik ish haftasida — 4 soatdan, 5 kunlik ish haftasida — 5 soatdan, 16 dan 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun esa 6 kunlik ish haftasida — 6 soatdan, 5 kunlik ish haftasida — 7 soatu 30 daqiqadan;
  • o‘quv yili davomida ishni o‘qish bilan birga olib boruvchi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tashkilotlarining 15 dan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilari uchun — 6 kunlik ish haftasida — 2 soatdan, 5 kunlik ish haftasida — 2 soatu 30 daqiqadan, 16 dan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilari uchun esa 6 kunlik ish haftasida — 3 soatdan, 5 kunlik ish haftasida — 4 soatdan.

18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborish, tungi ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.

18 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun ishlab chiqarish normalari umumiy ishlab chiqarish normalaridan kelib chiqqan holda ushbu xodimlar uchun belgilangan qisqartirilgan ish vaqtiga mutanosib ravishda belgilanadi.

Chat