Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5368 marta o'qildi

18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga davomiyligi kamida 30 kalendarь kun bo‘lgan yillik mehnat ta’tili beriladi va ular bu ta’tildan yilning o‘zlari uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtida foydalanishi mumkin.

Agar yillik mehnat ta’tili berilayotgan ish yili xodim 18 yoshga to‘ladigan va to‘lib bo‘lganidan keyingi davrlarni qamrab olsa, ta’tilning davomiyligi xodim 18 yoshga to‘lguniga qadar va 18 yoshga to‘lganidan keyingi ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi.

18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarni yillik mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Chat