O‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat Kodeksida va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan asoslardan tashqari quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
- mazkur ishga o‘zi uchun asosiy ish joyi bo‘lgan xodim qabul qilingan taqdirda, ish beruvchi bu haqda o‘rindoshni mehnat shartnomasi bekor qilinguniga qadar kamida 2 hafta oldin yozma shaklda ogohlantiradi yoxud mutanosib miqdorda pulli kompensatsiya to‘laydi;
- qonunchilikda yoki Mehnat Kodeksining 433-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq o‘rindoshlik asosida ishlashga cheklovlar joriy etilganligi munosabati bilan.