Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5753 marta o'qildi

Ish beruvchi bilan:

  • mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni bajarishning butun vaqti davomida masofadan turib ishlash to‘g‘risida nomuayyan muddatga yoki muddatli mehnat shartnomasi;
  • ish beruvchining nazorati ostida bo‘lgan statsionar ish joyidan tashqarida doimiy asosda ishlash haqidagi shartni o‘z ichiga olgan mehnat shartnomasiga doir qo‘shimcha kelishuv tuzgan shaxslarning ishi doimiy asosda masofadan turib ishlashdir.

Vaqtincha masofadan turib ishlash xodim tomonidan mehnat vazifasini uning roziligi bilan ish beruvchining nazorati ostida bo‘lgan statsionar ish joyidan tashqarida vaqtincha bajarilishini nazarda tutuvchi ish rejimidir. Vaqtincha masofadan turib ishlashda mehnat shartnomasi taraflarining roziligi bilan masofadan turib ishlash rejimining muddati shart qilib ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Masofadan turib ishlash rejimining muddati quyidagilar vositasida aniqlanishi mumkin:
  • kun, oy va boshqa muddatlarda masofadan turib ishlashning umumiy muddati davomiyligini ko‘rsatish;
  • masofadan turib ishlash boshlanadigan va tugallanadigan kalendarь sanani belgilash;
  • yuz berishi bilan masofadan turib ishlash rejimi muddati tugashiga olib keladigan hodisani aniqlash (epidemiya munosabati bilan joriy etilgan karantin choralarining bekor qilinishi, tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlar, ishlab chiqarish avariyasi oqibatlarining bartaraf etilishi va boshqalar).

Vaqtincha masofadan turib ishlashga o‘tishning eng ko‘p muddati 1 yildan oshmasligi kerak.

Vaqtincha masofadan turib ishlash muddati tugagach, ish beruvchi xodim uchun u masofadan turib ishlash rejimiga o‘tguniga qadar ishlagan avvalgi ish rejimini belgilashi shart. Agar masofadan turib ishlashga o‘tish vaqtincha bo‘lgan bo‘lsa, ish beruvchi xodimning o‘tkazilish muddati tugashi bilan unga avvalgi mehnat vazifasi bo‘yicha ishini ham berishi shart.

Chat