Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5233 marta o'qildi

Tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlar, ishlab chiqarishdagi avariyalar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, shuningdek yong‘inlar, toshqinlar, zilzilalar, epidemiyalar yoki epizootiyalar ro‘y bergan taqdirda hamda aholining yoxud uning bir qismining hayotiga yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soladigan boshqa alohida hollarda ish beruvchining tashabbusi bilan xodimning roziligisiz uning vaqtincha masofadan turib ishlashga o‘tishiga yoki o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi.

Agar statsionar ish joyida xodim tomonidan bajariladigan ishning o‘ziga xos xususiyati uni ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra masofadan turib ishlashga vaqtincha o‘tishini yoki o‘tkazilishini amalga oshirish imkonini bermasa yoxud ish beruvchi xodimni masofadan turib ishlash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, dasturiy-texnik vositalar, axborotni muhofaza qilish vositalari va boshqa vositalar bilan ta’minlay olmasa,

ish beruvchi:
  • xodimga ta’tillar jadvaliga muvofiq yillik mehnat ta’tilini berishga;
  • ta’tillar jadvalida nazarda tutilgan ta’tillar berish navbatidan qat’i nazar, xodimga uning roziligi bilan tegishli ish yili uchun yillik mehnat ta’tilini berishga;
  • xodimning roziligi bilan unga ish haqini qisman saqlab qolgan holda ta’til berishga;
  • Mehnat Kodeksining 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarni hisobga olmay turib, xodimga uning roziligi bilan ish haqi saqlanmagan holda ta’til berishga;
  • xodim uchun to‘liqsiz ish vaqtini belgilashga haqli.

Boshqa holatlar mavjud bo‘lganda ish beruvchi kamida 2 hafta oldin yozma ravishda ogohlantirgan holda xodim uchun to‘liqsiz ish vaqtini joriy etishga haqli.

Agar statsionar ish joyida xodim bajarayotgan ishning o‘ziga xos xususiyati uni vaqtincha masofadan turib ishlashga o‘tishini yoki o‘tkazilishini amalga oshirish imkonini bermasa va  454-moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan choralarni ko‘rish imkoni bo‘lmasa, mazkur xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarmayotgan vaqt ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor turib qolish hisoblanadi hamda bu vaqt uchun Mehnat Kodeksining 266-moddasining 2 qismiga muvofiq, agar kattaroq to‘lov miqdori jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida yoxud ichki hujjatlarda nazarda tutilmagan bo‘lsa, haq to‘lanadi.

Chat