Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8008 marta o'qildi

Tibbiyot xodimlari uchun ish vaqtining haftasiga 36 soatdan ortiq bo‘lmagan qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi.

Ayrim toifadagi tibbiyot xodimlari yillik qo‘shimcha mehnat ta’tili olish huquqiga ega.

Tibbiyot xodimlari ish vaqtining va yillik qo‘shimcha mehnat ta’tilining davomiyligi, shuningdek ularning mehnatiga haq to‘lash razryadlari hamda tarif stavkasiga (maoshga) qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Rahbar xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha tibbiyot tashkilotlari guruhlari o‘zi bevosita bo‘ysunadigan sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari tomonidan, davolangan bemorlar soniga qarab — statsionar muassasalar uchun, xizmat ko‘rsatiladigan aholi soniga qarab — ambulatoriya-poliklinika xizmati va boshqa tibbiyot tashkilotlari uchun belgilanadi.

Agar shifokorning mutaxassisligi bo‘yicha ish stajida 3 yil yoki undan ortiq tanaffus mavjud bo‘lsa (ijtimoiy ta’tillar, tibbiyotga ixtisoslashmagan mutaxassislikda ishlash, uzoq davom etgan kasallik, nogironlik va boshqalar), shifokor o‘z kasbiy faoliyatini qayta boshlashdan oldin avvalgi yillarda olinganligi to‘g‘risida hujjat bilan tasdiqlangan mavjud bazaviy, asosiy yoki qo‘shimcha mutaxassislikka muvofiq ixtisoslashuv kurslaridan o‘tishi shart. Ixtisoslashuv kurslaridan o‘tish tartibi qonunchilikda belgilanadi.

Chat