Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5845 marta o'qildi

Vazirlar Mahkamasining 486-sonli qaroriga asosan, Savdo-sanoat palatasiga, Iqtisodiy va moliya vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda «Madad» muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy madaniyatini oshirish va ularni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga jalb qilish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish tavsiya etildi.


Nogironligi bo‘lgan shaxslarning faoliyat yuritishi uchun ish o‘rinlari va kasblarni moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar tasdiqlandi

  • Mazkur Tavsiyalar barcha tashkilotlarda faoliyat yurituvchi nogironlarning mehnat munosabatlariga tatbiq etildi
  • Tavsiyalar nogironlarning maxsus yaratilgan ish joylari jihozlanishiga nisbatan belgilanadi.        

Jumladan, ko‘zi ojizlar uchun maxsus ish joylari jihozlanishiga quyidagilar tavsiya etiladi: 
  • binolarda, har xil inshootlarda, kirish joylarida, kommunikatsiya xonalarida, ma’muriyat, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish joylarida, ish joylarida, tibbiy xizmat ko‘rsatish xonalarida, sanitariya-maishiy xonalarda hammaboplikni, xavfsizlikni, hayot faoliyatiga mos keladigan me’yoriy sharoitlarini ta’minlash;
  • ko‘zi ojiz nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘sqinliksiz o‘z ish joyini topishi va mehnat funktsiyalari bajarilishini ta’minlaydigan tiflotexnik belgilar va tuzulmalar bilan maxsus ish joyini jihozlash;
  • qo‘shimcha periferiyali jihozlar va funktsional maqsadli elektron tiflotexnik vositalar yordamida vizual ma’lumotga ovoz berish va ko‘rish nazoratisiz mehnatni bajarish imkoniyatini ta’minlash;
  • maxsus ish joyini yozuv uchun bo‘rtma – naqsh-nuqtali va yassi bosmali harflar, shuningdek, toshqalam, daftarlar va yon daftarchalar, Braylь yozuvi uchun bosmali harf, tovushni yozuvchi va tovushni qaytadan tiklovchi asbob-uskunalar bilan jihozlash;
  • kompьyuterda ishlashga mo‘ljallangan ish joyini yirik bo‘rtma – naqsh keskin farq qiladigan (kontrast) bosmali harf va Braylь bosmali harf (Braylь displey va Braylь klaviaturasi) bilan ta’minlash;
  • maxsus asbob-uskunali va dasturli vositalar, shuningdek, moslashtirilgan taktil displey va audiodispley (nutq sintezatori) yordamida monitor ekranida vizual ma’lumotga ovoz berish imkonini yaratish.

Eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus ish joylarini bajarilayotgan mehnat funktsiyasini hisobga olgan holda, tovush kuchaytiradigan asbob-uskunalar va ovoz chiqaruvchi telefonlar bilan ta’minlash tavsiya etiladi.

  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tavsiya etilgan ishchi kasblar va xizmat lavozimlarining namunaviy ro‘yxati
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarning faoliyat yuritishi mumkin bo‘lgan kasblar va lavozimlar ro‘yxati hamda mehnat sharoitlari bo‘yicha tavsiyalar
Chat