Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6795 marta o'qildi

Davlat buyurtmachilariga o‘z ehtiyojidan kelib chiqib, ko‘rgazma yarmarkalari davomida yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar bilan ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni uch yilgacha muddat davomida kafolatli xarid qilishni nazarda tutuvchi shartnomalar tuzish huquqi beriladi.                 


Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar hamda ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yagona reestri yuritilishini tashkil etiladi:

  • Bunda, Reestr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy veb-saytida yuritiladi, shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan o‘zaro elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida shakllantiriladi va yangilab boriladi;
  • tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ish o‘rinlari va sharoitlarni nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishda nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari yuzasidan davlat ekspertizasi xulosasini talab qilish tartibi bekor qilinadi.

Davlat xaridlari doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib reja-jadvallaridagi xarid predmeti hajmining kamida 10 foizi miqdorida joylashgan hududi bo‘yicha tegishlicha Reestrga kiritilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni shartnoma asosida sotib oladi.

Bunda, barcha davlat buyurtmachilari yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslardan xarid qilingan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zining yoki yuqori turuvchi tashkilotlarning rasmiy veb-saytida doimiy ravishda joylashtirib boradi.


O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston nogironlar jamiyati hamda O‘zbekiston karlar jamiyatining 2023-yildan boshlab hududlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, madaniyat, san’at, sportga oid qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Imkoniyatlar markazi» faoliyati tashkil etiladi.
 

«Imkoniyatlar markazi»:

  • nogironligi bo‘lgan shaxslar va ish beruvchilar o‘rtasida muloqot o‘tkazish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maydoni sifatida faoliyat yuritadi;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan dastlabki suhbatlar o‘tkazib, ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda kasb-hunarga o‘qitishga ko‘maklashadi.
Chat