Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4976 marta o'qildi

O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston karlar jamiyati hamda O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatining vakillaridan iborat ishchi guruh ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay sharoitlar yaratilganligi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra 2023-yilda hududiy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.

Bino va inshootlarining loyihalashtirilishi hamda qurilishida qabul qilingan me’yorlarni O‘zbekiston Respublikasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqsiz muhit yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalar talablariga muvofiq qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ma’sul tashkilotlarga qo‘yidagi vazifalar belgilangan:

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjati loyihasini ishlab chiqadi
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda eskirgan avtobus saroyini 2023 — 2025-yillarda bosqichma-bosqich to‘liq yangilash yuzasidan;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat transportlarida, shu jumladan shaharlararo poezdlar vagonlarida to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlovchi yordamchi vositalar bilan 2023 — 2025-yillarda bosqichma-bosqich jihozlash yuzasidan.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
  • Qurilish vazirligi bilan birgalikda ijtimoiy-maishiy va madaniy maqsadlarga mo‘ljallangan qurilish ob’ektlarini hamda rekonstruktsiya qilinayotgan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilishda jamoat birlashmalari vakillarining davlat qabul komissiyasi tarkibiga nogironligi bo‘lgan shaxslarning kiritilganligini o‘rganib chiqadi;
  • Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari ro‘yxatini tahlil qilgan holda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqadi.
  • Moliya vazirligi bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlarini qondirish uchun qurilish materiallari va reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga imtiyozlar belgilash masalasini o‘rganib, Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi;
  • Qonunchilikda ijtimoiy muhofazaga muhtoj toifadan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ajratish masalasini ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda o‘rganib chiqadi.

O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston karlar jamiyati hamda O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatining vakillarini
  • Yangi quriladigan va rekonstruktsiya qilinadigan ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini loyihalash va qurish jarayonini nazorat qilish, qurilish me’yorlari hamda qoidalariga muvofiq qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyalari tarkibiga kiritiladi;
  • hududiy tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarini belgilangan talablarga javob beradigan, imkoniyati cheklangan fuqarolar tashrifi uchun qulay bo‘lgan binolar va xonalarda beg‘araz asosda joylashtirish choralarini ko‘riladi.

Chat