
Majburiy jamoat ishlari I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
- Shartli hukm o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi, 18 yoshga to‘lmagan shaxslar, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar, shuningdek 60 yoshdan oshgan shaxslar bundan mustasno.
- Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan shaxslarga nisbatan maxsus vositalar ishlatish taqiqlanadi, ular tomonidan qurolli qarshilik ko‘rsatilgan yoki fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilingan hollar bundan mustasno.
- Hukm qilingan I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning tibbiy xulosada belgilanadigan miqdorda va xillarda qo‘shimcha posilkalar, yo‘qlovlar va banderollar olishiga ruxsat etiladi.
- Hukm qilingan I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatga o‘z xohishlariga ko‘ra jalb etiladilar.