Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsiz mehnat sharoitlarida ishlash hamda mehnati uchun kamsitishlarsiz adolatli haq olish huquqiga ega.
Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlash choralarini ko‘radi.
Ishsizlikdan himoyalanish — shaxsga ish qidirish, kasb o‘rganish, ishga joylashish va qonunda belgilangan hollarda ishsizlik nafaqasini olishda davlat tomonidan ko‘mak ko‘rsatilishi.
Quyidagi talablarga javob beradigan mehnatga layoqatli shaxs ishsiz deb e’tirof etilishi mumkin:
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan shaxslar, sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar bundan mustasno, ishsiz deb e’tirof etilmaydi.
Ishsiz deb e’tirof etish va ishsizlik nafaqasini tayinlash uchun:
Elektron ariza ko‘rib chiqilgandan keyin shaxsni ishsiz deb e’tirof etish yoki rad qilish to‘g‘risida QR-kodli xabarnoma portal orqali yuboriladi.
Maqbul keladigan ish — shaxsning kasbiy tayyorgarligi, yoshi, sog‘lig‘i, mehnat staji va avvalgi ish tajribasi hisobga olingan holda taklif etiladigan ish.
Shaxsdan yashash joyini o‘zgartirishni talab qiladigan, transportda qatnash uchun o‘ta noqulay yoki sog‘liq holatiga to‘g‘ri kelmaydigan ish maqbul ish deb hisoblanmaydi.
Taklif etilgan maqbul ishni uzrli sababsiz ikki marta rad etish ishsiz deb e’tirof qilish rad etilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxs:
Ishsizlik nafaqasi faqat belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan shaxsga tayinlanadi. Nafaqa miqdori va to‘lash muddati shaxsning avvalgi mehnat faoliyati hamda qonundagi mezonlarga qarab belgilanadi.
Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.
Bolaning sog‘lig‘i, xavfsizligi, axloqi, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soladigan yoki ta’lim olishiga to‘sqinlik qiladigan bolalar mehnatining har qanday shakliga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shaxs ishsiz deb e’tirof etishni rad qilish, nafaqani tayinlamaslik, to‘xtatib turish yoki tugatish haqidagi qarorning asoslarini bilish huquqiga ega.
Qarordan:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
«Aholi bandligi to‘g‘risida»gi Qonun
Ishsiz deb e’tirof etish va ishsizlik nafaqasini tayinlash xizmati