Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3836 marta o'qildi

“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratish tartibi belgilangan.

Kredit quyidagi shartlar asosida ajratiladi:

  • bozor stavkasida mijoz xohishiga ko‘ra 6 oy imtiyozli davr bilan;
  • 20 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga;
  • boshlang‘ich badali yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda.          

Shuningdek, qarz oluvchi quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo‘lishi lozim, jumladan:

  • kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan bo‘lishi lozim);
  • daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega bo‘lishi.
     
Chat