Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5290 marta o'qildi

Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlaydi.

Hizmatni olish uchun talab etiladigan hujjatlar:

Fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
  • O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
  • harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
  • chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.

Hujjatni asl nushasi (yoki hujjat asl nusxasidan ko‘chirilgan nusxaning to‘g‘riligi notarial tartibda shahodatlangan bo‘lsa yoki hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan tashkilot tomonidan berilgan bo‘lsa. Hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan tashkilot tomonidan berilgan bo‘lsa, hujjatning nusxasi mazkur yuridik shaxsning blankasida bayon etilgan, muhr bosib tasdiqlangan va unda shu hujjatning asli mazkur tashkilotda ekanligi yozib qo‘yilgan bo‘lishi kerak).

Ko‘chirma olinayotgan hujjatda o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan bir nechta alohida masalalarga oid qarorlar bo‘lgan taqdirdagina ko‘chirmaning to‘g‘riligi shahodatlanishi mumkin. Ko‘chirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining to‘la matnini aks ettirishi kerak.

Hizmatni olish muddati:

Bir hujjat nusxasining to‘g‘riligini shahodatlash uchun 10 daqiqagacha.

Boshqa talablar:

  • Fuqaroning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarining nusxasi shahodatlantirilmaydi, xalqaro shartnomalarda shahodatlantirilishi talab qilingan hollar bundan mustasno.
  • Hujjatning shahodatlanayotgan nusxasi yoki ko‘chirmasi uning asli bilan solishtirilib chiqiladi.
  • Shahodatlantirilgan hujjatlarning nusxasi yoki ko‘chirmasi notarial idorada qoldirilmaydi.
Chat