Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4121 marta o'qildi

Notarius fuqaroning tirik ekanligi faktini uning shaxsiy iltimosiga ko‘ra va uning ishtirokida tasdiqlaydi.

Hizmatni olish uchun zarur bo‘lgan xujjatlar:

1. Fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
  • O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
  • 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning shaxsi — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
  • et el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.

2. Fuqaroning yozma arizasi.

3. Voyaga etmagan shaxsning tirik ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni o‘z homiyligiga olgan tashkilotning yozma iltimosiga ko‘ra amalga oshiriladi:

  • Bunday vakolatini tasdiqlovchi hujjat.

Notarial harakat ishtirokchilari:

Bir taraf:

  • Murojaat etuvchi/yoki/ Murojaat etuvchi va uning qonuniy vakili.
  • Homiyligiga olgan tashkilotning vakili.
  • Vasiylik va homiylik organlarining xodimi. (zarur hollarda)

Hizmatni olish narhi:

  • Davlat boji.
  • Notarial xarakatlarni amalga oshirishga doim masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish uchun.
  • Notarial tasdiqlanadigan hujjatlar loyihalarini tuzish uchun.
  • Rasmiy blanka uchun to‘lov.

Boshqa shartlar:
  • Notarius fuqaroning tirik ekanligi faktini uning shaxsiy iltimosiga ko‘ra va uning ishtirokida tasdiqlaydi.
  • Voyaga etmagan shaxsning tirik ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni o‘z homiyligiga olgan muassasalar va tashkilotlarning iltimosiga ko‘ra amalga oshiriladi.

Chat