Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3055 marta o'qildi

Taqdim qilish huquqi bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma

Notarial xizmatning soddalashtirilgan tavsifi:

Taqdim qilish huquqi bo‘yicha vorislik qonun bo‘yicha merosxo‘r meros ochilgunga qadar vafot etgan taqdirda, unga tegishli ulush uning avlodlariga o‘tishini nazarda tutadi, bunda ulush taqdim qilinayotgan qonun bo‘yicha merosxo‘r bilan bir xil darajada qarindosh bo‘lgan avlodlar o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Xizmatni olish uchun zarur bo‘lgan ho‘jjatlar ro‘yxati, nusxalari soni va asl hujjatlarni taqdim etish zarurligi ko‘rsatilgan:
  1. Fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
    • O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
    • 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning shaxsi — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
    • harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
    • chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
    • fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.
  2. Meros qoldiruvchining va undan oldin vafot etgan merosxo‘rning o‘lim haqidagi guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma;
  3. Meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashash (doimiy propiska qilingan) joyi haqidagi ichki ishlar organlarining ma’lumotnomasi yoki o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma yoxud uy daftaridan ko‘chirma;
  4. Meros tarkibining meros qoldiruvchiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
  5. Merosxo‘rlarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalari (F.I.O. o‘zgargan taqdirda) yoki dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar yoxud qarindoshlik munosabatlarining haqiqiyligini belgilovchi sud hujjati;
  6. Merosxo‘rlar vafot etgan taqdirda o‘lim haqidagi guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma;
  7. Meros qoldiruvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi (ajrashganlik haqidagi guvohnoma) yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma.
  8. Merosni qabul qilish uchun ishochnoma (agar merosxo‘rning o‘zi meros huquqi to‘g‘risidagi guvohnomani olishda ishtirok etaolmasa)
  9. Merosxo‘rlar meros mulkidagi tegishli ulushdan voz kechgan taqdirda – notarial tartibda tasdiqlangan merosdan voz kechish tug‘risida ariza.
  10. Boshqa hujjatlar (zarur bo‘lsa).

Notarial harakatni ishtirokchilari:

  • Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlarga qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.
  • Meroxo‘rlar Muomalaga layoqatsiz/muomala layoqati cheklangan/voyaga etmagan bo‘lgan hollarda, ularning qonuniy vakillari ularning nomidan va (yoki) ularning huzurida harakat qilishadi.

Xizmatni olish muddati: 

O‘zR Fuqarolik kodeksi

1146-modda. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish

Meros ochilgan joydagi notarius merosxo‘rning iltimosiga ko‘ra unga merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida guvohnoma berishi shart.

Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma meros ochilgan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin beriladi.

Qonun bo‘yicha meros olinganida ham, vasiyatnoma bo‘yicha meros olinganida ham, agar notarius tegishli mol-mulkka yoxud butun merosga nisbatan guvohnoma berishni so‘rab murojaat etgan shaxslardan boshqa merosxo‘rlar yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lsa, guvohnoma yuqorida ko‘rsatilgan muddat tugamasidan oldin berilishi mumkin.

 

Chat