Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9950 marta o'qildi

Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosati va chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘nalishida:
  • aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va oilalar bo‘yicha ijtimoiy yordam dasturlarini ishlab chiqish;
  • kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar standartlarini ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini monitoring qilish;
  • aholining turli guruhlari bilan ishlaydigan professional «ijtimoiy ish» xizmatini tashkil etish;
  • ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat sektor va mahalliy hamjamiyatlarni turli xil xizmatlar ko‘rsatish va aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga yanada faol jalb qilish uchun rag‘batlantirish choralarini yaratish;
  • sohani raqamlashtirish orqali ijtimoiy himoya tizimi shaffofligini ta’minlash va jarayonlarni aholi uchun qulay tarzda tashkil qilish.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yo‘nalishida:
  • nogironlikni baholash va aniqlashning tibbiy modelidan ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tishni ta’minlash;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarni yuqori sifatli protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan ta’minlash;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va abilitatsiya qilish sohasini rivojlantirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish;
  • jamiyatda ijtimoiy moslashuv va integratsiya uchun sharoit yaratish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, inklyuzivlikni ta’minlanishini muvofiqlashtirish hamda ularga qulay muhit shakllantirilganligini nazorat qilish;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan jamiyat ongida sog‘lom fikrni shakllantirish;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning mustaqil hayot kechirishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularga uy sharoitida ijtimoiy xizmatlarini tashkil qilish;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlaydigan ixtisoslashtirilgan internat, ta’lim muassasalari va reabilitatsiya markazlari faoliyatini takomillashtirish.

Voyaga etmagan bolalarni himoya qilish yo‘nalishida:
  • bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • vasiylik va homiylik tizimini takomillashtirish, shu jumladan oilaga asoslangan bolalarni parvarish qilishning muqobil shakllarini rivojlantirish;
  • farzand asrab olish tizimini takomillashtirish;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishni tashkil etish;
  • himoyaga muhtoj bolalarni davolashni tashkil qilish tizimini takomillashtirish.

Ayollarni himoya qilish tizimini takomillashtirish yo‘nalishida:
  • ayollarni zo‘ravonlik va jinsiy zo‘ravonlik ta’qibidan himoya qilishda professional yordam ko‘rsatishni tashkil etish;
  • zo‘ravonlikdan aziyat chekkan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan boshpana (shelter) va reabilitatsiya markazlari ishini tashkil qilish.

Og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash yo‘nalishida:
  • oilalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish, bolalarni oilalardan ajratishning oldini olish, ota-onalarning ko‘nikmalarini rivojlantirish;
  • og‘ir hayotiy vaziyatda bo‘lgan homilador ayollar, yolg‘iz ota-onalar va yosh bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini tashkil qilish;
  • og‘ir hayotiy vaziyatlarda bo‘lgan oilalar farzandlari uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish;
  • palliativ yordamni tashkil qilish.

Yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida:
  • psixosotsial xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil qilish;
  • alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bitiruvchilarini turli tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan ijtimoiy xizmatlar, yo‘llanma va so‘rovlari asosida psixologik salomatlik, zarur ko‘nikma va ta’lim olish, kasbga, ishga va tadbirkorlik qilishga yo‘naltirish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Yakka yolg‘iz va keksalar bilan ishlash yo‘nalishida:
  • uyda parvarish qilish va qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini tashkil qilish;
  • qariyalar uylari va boshqa muassasalar negizida professional xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil qilish;
  • zo‘ravonlikdan himoya qilish.

Ijtimoiy ta’minot dasturlari yo‘nalishida:
  • ijtimoiy sug‘urta tizimida yagona davlat siyosatini yuritish;
  • aholini ijtimoiy sug‘urta tizimiga jalb qilish bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mexanizmlarini ishlab chiqish

Chat