Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5310 marta o'qildi

1. Bolalar nafaqasini qanday va necha yoshga qadar olishim mumkin?
  • Javob: Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha o‘n sakkiz yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi.
  • Moddiy yordam bola(bolalar)siz yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta bo‘lgan oilalarga va yakka-yolg‘iz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi.
  • Agar bir oilada tug‘ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan bolalar egizak bo‘lsa, ularning biri yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan kichik bola, keyingilari mos ravishda ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi hisoblanadi.
  • «Yagona reestr» AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar (shaxslar) qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotnomalarni taqdim etmasdan, qonunchilik hujjatlarida ushbu toifadagi oilalar (shaxslar)ga belgilangan tartibda bepul yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlardan foydalanishga haqlidir.

Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi.

  • Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi va ro‘yxatga olinadi.
  • Ariza fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan maxsus ro‘yxatga olish daftarida qayd etiladi, bunda arizaning berilgan sanasi, ariza beruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash manzili ko‘rsatiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi
  1. ariza beruvchi va oila a’zolarining O‘zbekiston Respublikasi pasporti yoki ID-kartalari (bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan ushbu hujjatlarning nusxasi olinib, asli arizachiga qaytariladi);
  2. chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomalari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomalari yoki ID-kartalari hamda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida qayd varag‘i (bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan ushbu hujjatlarning nusxasi olinib, asli arizachiga qaytariladi);
  3. bolalari vasiylik ostida bo‘lgan taqdirda, arizaga vasiylik va homiylik organi qarorining nusxasi ilova qilinadi;
  4. oilaning mavjud chorva mollari va parrandalari, arizachi va uning oila a’zolari nomiga rasmiylashtirilmagan, biroq foydalanuvida bo‘lgan avtotransport vositalari, bog‘ va dehqon xo‘jalik erlari, ijarasidan yoki boshqa faoliyatdan olingan daromad ushbu oilaga kelib tushadigan noturar joylari to‘g‘risida ushbu Nizomga 3a-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumot;
  5. ariza beruvchi va uning oila a’zolari nomidagi tijorat banki hisobvaraqlaridagi mablag‘ qoldiqlari va ariza berilgan oydan oldingi 3 oy mobaynida ularning nomiga o‘tkazilgan pul o‘tkazmalari yuzasidan ma’lumotlarni Markaziy bank tomonidan «Yagona reestr» ATga taqdim etish to‘g‘risida oilada birga yashovchi 18 yosh va undan katta yoshdagi muomalaga layoqatli barcha oila a’zolari imzolari bilan tasdiqlangan Nizomning 3b-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ariza.

  • Bunda birga yashovchi 18 yosh va undan katta yoshdagi muomalaga layoqatli barcha oila a’zolari imzolarining haqiqiyligi uchun ariza beruvchi javobgar bo‘ladi. Ariza beruvchi tomonidan ushbu bandda keltirilgan barcha hujjatlarning to‘liq taqdim etilganligi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan tekshiriladi.
  • Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash uchun arizalar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga oila ushbu nafaqa yoki moddiy yordam olishni istayotgan oydan oldingi oyning 16-sanasiga qadar taqdim etiladi. Bunda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muddatdan keyin berilgan arizalar belgilangan tartibda keyingi oyda ko‘rib chiqiladi.
  • Ariza beruvchi tomonidan ushbu bandda keltirilgan barcha hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan hollarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi ariza beruvchiga qo‘shimcha ravishda qaysi hujjatlar taqdim etilishi kerakligi haqida xabar qiladi. Ushbu holatlarda ariza beruvchi tomonidan taqdim etilishi kerak bo‘lgan hujjatlar qo‘shimcha besh kun ichida, biroq ushbu nafaqa yoki moddiy yordam olishni istayotgan oydan oldingi oyning 16-sanasiga qadar taqdim etilishi shart.

2021-yil 1 sentyabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni to‘lash muddatlari tugaguniga qadar, mazkur turdagi nafaqalar va moddiy yordamning amaldagi miqdorlari hamda ularni to‘lash muddatlari saqlab qolinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining kam ta’minlangan oilalar ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali 2021-yil 1 sentyabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni avtomatik tarzda, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishning yangi tartibiga asosan nafaqa miqdori oshishi nazarda tutilgan fuqarolardan qo‘shimcha ariza va hujjatlar talab etmagan holda, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari maqullansin.

Bolalar nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam miqdorlari

a) bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

  • 250 000 so‘m – 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun;
  • 325 000 so‘m – yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun;
  • 150 000 so‘m – oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;
  • 100 000 so‘mdan – oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun;

b) kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 380 000 so‘m.

Bolalar nafaqasi tayinlangan oilada bolalar soni o‘zgargan taqdirda (navbatdagi bola tug‘ilganda, 18 yoshgacha bolalardan biri vafot etganda, bola (bolalar) 3 yoshga va 18 yoshga to‘lganda va shu kabilar), bolalar nafaqasi miqdori bolalarning tegishli sonidan kelib chiqib, keyingi oydan boshlab qayta hisoblanadi.

  • Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha bir oylik daromad hajmini aniqlash
  • Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad etish asoslari
  • Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni to‘lash va to‘xtatish




2. "Ayollar daftariga" kiritilgan ayol imtiyozli shartlarda tibbiy yordam olishi mumkinmi?

Javob: «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga etmagan farzandlariga tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati sektor ishchi guruhi tomonidan aniqlanganda, ularning salomatligi hududiy birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasidan shifokor jalb qilingan holda baholanadi.

  • O‘rganish natijasiga ko‘ra tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati tibbiyot xodimi tomonidan aniqlanganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasiga yo‘naltiriladi va statsionar yoki ambulator davolanish masalasi hal etiladi.
  • O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifaga kirmaydigan, ammo birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasi tomonidan viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga etmagan (qaramog‘ida I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlarining yoshidan qat’i nazar) farzandlarining davolanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, sektorlar rahbarlari xulosasiga asosan «Ayollar daftari» jamg‘armasi va Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda qoplab beriladi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga etmagan (qaramog‘ida I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlarining yoshidan qat’i nazar) farzandlari belgilangan tartibda elektron navbatga qo‘yilishi ta’minlanadi.

  • Nogironlik belgilari aniq namoyon bo‘lgan bemorlar belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.

«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar va (yoki) ularning voyaga etmagan farzandlariga davolash, dori vositalarini olib berish yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun mablag‘ zarur bo‘lgan holatlarda, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi va sektor rahbari xulosalari bilan tibbiy muolaja xarajatlari «Ayollar daftari» jamg‘armasi, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi va «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lab beriladi.

  • Bunda dori-darmon olib berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha hamda murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdordagi xarajatlar «Ayollar daftari» jamg‘armasi hisobidan to‘lab beriladi;
  • «Ayollar daftari»ga kiritilgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan yoki surunkali kasalliklarga chalingan ehtiyojmand xotin-qizlarning va (yoki) ularning voyaga etmagan farzandlarining, shuningdek, lozim bo‘lganda I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamrohlik qiluvchining O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududida joylashgan tibbiy muassasalarga davolanish uchun borish-kelish yo‘l xarajatlari sektorlar rahbarlari xulosasiga asosan «Ayollar daftari» jamg‘armasi hisobidan to‘lab beriladi.

Bunda xotin-qizlar yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni tegishli tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limiga taqdim etadi.

  • Yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmaganda, yo‘lkiraga haq to‘lash har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
  • Bemorni maxsus transport vositasida tibbiy muassasaga etkazish lozim bo‘lgan taqdirda, yo‘l xarajatlarini to‘lab berish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi xulosasi olinadi.

3. Qaysi oilalarni ko‘p bolali oila deb hisoblanadi ?

Javob: Oila kodeksiga muvofiq, 18 yoshgacha bo‘lgan 4 va undan ortiq farzandi bo‘lgan oila ko‘p bolali oila hisoblanadi.

4. "Ayollar daftariga" qanday kirishim mumkin?

Javob: Ayollar daftariga” kirish uchun yashash joyingizdagi mahallaga murojaat qilishingiz kerak.

“Ayollar daftarchasi” ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlash, bilim va kasbiy tayyorgarlikka muhtoj va manfaatdor bo‘lgan ishsiz ayollarning muammolarini aniqlash, hal etish va kuzatib borish uchun ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.

“Ayollar daftariga” kirish uchun mahallaga murojaat qilib, anketani to‘ldirish kerak.

5. Men kvartiramni ta’mirlayapman, lekin pulim etarli emas. Mahalladan yordam so‘rasam bo‘ladimi?

Javob: Mahalladan yordam ko‘rsatish masalasi sizning “Ayollar tetral”iga kirishingizga bog‘liq.

Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat hamda fuqarolarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari «xonadonbay» hamda ularning murojaatlariga asosan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha fuqarolar yig‘inlari raislari va xotin-qizlar faollari tomonidan turar joy uchun ijara kompensatsiyasini to‘lab berish bo‘yicha talabnomalar shakllantiriladi.

  • «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy ijara kompensatsiyasi mazkur talabnomalar hamda sektorlar rahbarlari va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining xulosasi asosida belgilangan tartibda to‘lab beriladi. 
  • Bunda:
  1. turar joy ijarasi to‘g‘risidagi shartnoma uch tomonlama — ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi o‘rtasida tegishli yilning so‘nggi kunigacha bo‘lgan muddatga tuziladi;
  2. turar joy ijarasi uchun to‘lovlarning 50 foizi, lekin ko‘pi bilan 500 ming so‘mgacha bo‘lgan qismi «Ayollar daftari» jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Turar joy ijarasi uchun to‘lovlar ijaraga beruvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lanadi.

  • «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar va ularning birga yashaydigan oila a’zolari boshqa dasturlar doirasidahomiylik yoki boshqa mablag‘lar hisobidan uy-joy bilan ta’minlangan yoxud uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ijtimoiy yordam (ko‘mak) olgan yoki imtiyozlardan foydalangan xotin-qizlarga Nizom asosida turar joy ijara kompensatsiyasi ajratilmaydi.
  • Turar joy ijara kompensatsiyasi to‘lab turilgan davrda uy-joy bilan ta’minlangan yoki ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlarga yangi turar joyga ko‘chib o‘tgan oydan boshlab keyingi oyning birinchi sanasidan turar joy ijara kompensatsiyasi to‘xtatiladi. Mazkur tartib ajratilgan turar joy yashash uchun sharoiti mavjud bo‘lgan holda xotin-qizlar tomonidan ko‘chib o‘tish rad etilgan taqdirda ham qo‘llaniladi.

«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy uy-joylarga ijara huquqi asosida besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan joylashtirilishi yoki homiylar tomonidan mulk huquqi asosida uy-joy bilan ta’minlanishi mumkin.

  • Ko‘rsatilgan imtiyozlardan foydalanish uchun xotin-qizlarga ijtimoiy kontrakt asosida kasb o‘rganish, mehnat qilish imkoniga ega bo‘lsa, mustaqil yoki aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasi asosida ishga joylashish bo‘yicha ijtimoiy majburiyatlar yuklanadi.

  • Sektorlar ishchi guruhlari tomonidan tegishli mutaxassislar jalb qilingan holda, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joyi holati o‘rganiladi va nuqson dalolatnomasi hamda ta’mirlash yoki qurilish materiallarini olib berish bo‘yicha smeta ishlab chiqilib, «Ayollar daftari» jamg‘armasi Vasiylik kengashiga kiritiladi.
  • Har bir uy-joyni ta’mirlash ishlariga «Ayollar daftari» jamg‘armasi hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda mablag‘ ajratiladi.
  • Vasiylik kengashi tomonidan ta’mirlash smetasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib, mablag‘ ajratiladi hamda qurilish tashkilotiga (pudratchiga) yoki qurilish materiallari etkazib beruvchi korxonaga o‘tkazib beriladi.
  • Bunda qurilish tashkilotga (pudratchi) yoki qurilish materiallari etkazib beruvchi korxona davlat xaridlarining elektron tizimi orqali aniqlanadi.
  • Sektorlar rahbarlari tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlari bilan birgalikda mablag‘ ajratilgan vaqtdan boshlab ta’mirlash ishlari sifatli bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi.

Chat