Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3784 marta o'qildi

1. Xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari haqida ma’lumotni qaerdan olsam bo‘ladi?

Elchixonalar, diplomatik maqomga ega savdo vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari , xorijiy davlatlarning hukumat va hukumatlararo tashkilotlari, xalqaro moliya tashkilotlarining vakolatxonalari xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalaridir.

Xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari haqidagi ma’lumotni havola orqali topishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun:

2. Xorijiy jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda avtotransport vositasini vaqtincha olib kirish tartibi qanday?

O‘zbekistonga xorijiy avtotransportni olib kirishda bojxona posti xodimi tomonidan kirish “avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risidagi majburiyatlar”maxsus  ikki nusxadagi blanka rasmiylashtiriladi.

Blankani rasmiylashtirish uchun  xorijiy avtotransport  vositasi egalari (haydovchilar) quyidagilarni taqdim etishi zarur:

  • fuqarolik pasporti;
  • avtotransport  vositasini  ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • boshqa og‘zaki ma’lumotlar.

Blankaning birinchi nusxasi bojxona postining kirish ish yuritishlarida qoladi, ikkinchi nusxasi xorijiy avtotransport vositasi egasiga (haydovchi) beriladi.

O‘zbekiston hududida xorijiy avtotransport vositasidan foydalanganda  uning egasi (haydovchi)  yonida har doim “avtotransport  vositasini  qaytarib olib chiqish to‘g‘risidagi majburiyatlari” olib yurishi majbur.

Mazkur transport vositasi bojxona hududida bo‘lishining umumiy muddati jami kalendar yili mobaynida  90 kalendar kundan oshishi mumkin emas.

Transport vositasini mazkur sanadan oshgan davrga olib kirish kuniga motor hajmining har bir kub santimetri uchun 0,01 AQSh dollari miqdoridagi yig‘im har bir kechiktirilgan kun uchun to‘lash shartida ruxsat beriladi.

3. Xorijiy fuqarolar O‘zbekistonda o‘qishi mumkinmi?

Xorijiy fuqarolar O‘zbekistondagi umumta’lim maktablari, kollejlarda va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin.

Ta’lim muassasalarida xorijiy fuqarolarni o‘qitish tegishli ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlarida nazarda tutilgan tillarda olib boriladi.

Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish va o‘qitish bo‘yicha barcha ishlarni tashkil etish, o‘quv-metodik rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish umumta’lim maktablarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan, boshqa ta’lim muassasalarida - Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Batafsil: 

4. O‘zbekiston bojxona chegaralari orqali naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqish tartibi qanday?

Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 100 000 000 (etmish million) so‘m ekvivalentidan ortiq miqdordagi O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.

Jismoniy shaxsning xohishiga ko‘ra ekvivalenti 100 000 000 (etmish million) so‘mga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablag‘lari ham deklaratsiya qilinishi mumkin.

Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda, naqd valyuta mablag‘larini olib kirish cheklanmagan miqdorda amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) so‘mga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga rioya etilgan holda cheklovlarsiz olib chiqiladi.

Jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) so‘mdan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketishga quyidagi holatlarda yo‘l qo‘yiladi.

5. O‘zbekistondan zargarlik buyumlarini olib chiqish tartibi qanday?

Quyidagilarga:
rezident va norezident jismoniy shaxslarga — qiymati 100 million so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan100 million so‘m va undan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga;
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga — zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda, ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga ruxsat etiladi.

Chat