Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15726 marta o'qildi

Kredit olishi mumkin bo‘lgan shaxslar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kredit:

  • asosiy ish joyiga ega bo‘lmagan o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga;
  • davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilishi mumkin.

33 million so‘mgacha kredit ajratilishida mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyanomasi asos hisoblanadi.

Kredit miqdorlari

O‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga:

  • dastlab 33 million so‘mgacha;
  • kredit maqsadli ishlatilgan va tadbirkorlik faoliyati samarali bo‘lgan taqdirda bir yildan keyin qo‘shimcha 50 million so‘mgacha revolьver asosida;
  • 10 sotixdan ortiq tomorqa eriga ega er egalari va ijarachilarga 50 million so‘mgacha garovsiz;
  • 10 sotix maydonda ixcham issiqxona yoki baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratilishi mumkin.

Kreditlar parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik, issiqxona va tomorqada mahsulot etishtirish kabi yo‘nalishlarga ajratiladi.

Kreditning muddati va foiz stavkasi

Kreditlar, qoida tariqasida, 3 yildan 4 yilgacha muddatga, 6 oydan 1 yilgacha imtiyozli davr bilan ajratiladi.

Foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori miqdorda belgilanadi. Asosiy stavka pasaysa, kredit stavkasi ham mutanosib ravishda pasaytiriladi; asosiy stavka oshganda esa avvalgi stavka saqlanib qoladi.

Kreditni naqd pulda berish

Chorvachilik yo‘nalishida kredit mablag‘lari veterinariya bo‘limi tomonidan identifikatsiya qilingan va haqiqatda etkazib berilgan qoramol, qo‘y yoki echkini sotib olish uchun beriladi.

Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarga issiqxona qurish, chorva boqish, parrandachilik, quyonchilik va tomorqaga mavsumiy ekin ekish maqsadida kredit mablag‘lari naqd pulda berilishi mumkin.

Kredit avtomatik ravishda berilmaydi. Bank ariza beruvchining to‘lov qobiliyatini, loyihaning samaradorligini va kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish imkoniyatini baholaydi.

Tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2 apreldagi PQ-149-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan belgilangan.

Chat