Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1727 marta o'qildi

Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:

  • ommaviy axborot vositasining maqsad va vazifalari qonunchilikka zid bo‘lsa;
  • ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza Qonunga muvofiq ommaviy axborot vositasini ta’sis etish huquqiga ega bo‘lmagan yuridik yoki jismoniy shaxs nomidan berilgan bo‘lsa;
  • ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar haqiqatga mos kelmasa;
  • bundan avval aynan bir xil yoki adashtirib yuborish darajasida o‘xshash nomdagi ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa.

Ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan taqdirda, qaror chiqarilgandan keyin 1 kun ichida arizachiga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda bildirish yuboriladi (topshiriladi), unda rad etish sabablari, shuningdek arizachi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi.

  • Muassis ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin.

Ommaviy axborot vositasining chiqarilishini to‘xtatib turish yoki tugatish.

Chat