Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2829 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yilning har choragida mavjud o‘rinlar fondining, uning aylanishining va poliklinikalarning bemorlarni qabul qilish quvvatining quyidagi miqdorida imtiyozli bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga kvotalar belgilanadi:

  • Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari uchun — 20 foizigacha;
  • Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun — 20 foizigacha;
  • Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun — 30 foizigacha;
  • Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun — katta yoshdagilar bo‘limlari bo‘yicha — 20 foizigacha va bolalar bo‘limlari bo‘yicha — 100 foizigacha;
  • Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulьmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun — 100 foizigacha.

Kvotalarni mintaqalar bo‘yicha taqsimlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlashni boshqarish organlarining buyurtmanomalarini ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Chat