Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1433 marta o'qildi

Yuridik yoki jismoniy shaxs ommaviy axborot vositasida e’lon qilingan, haqiqatga mos kelmaydigan hamda o‘zining sha’ni va qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘sini tahqirlovchi ma’lumotlar uchun raddiya berishni tahririyatdan talab qilishga haqlidir.

E’lon qilingan material tufayli huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan yuridik va jismoniy shaxslar mazkur ommaviy axborot vositasida raddiya yoki javobni e’lon qilishga haqlidir. Raddiya yoki javob berilishiga sabab bo‘lgan material bosilgan ayni o‘sha sahifada maxsus rukn ostida e’lon qilinishi kerak.

Raddiya yoki javob gazetalarda ular olingan kundan e’tiboran - 1 oy ichida, boshqa davriy nashrlarda navbatdagi sonda e’lon qilinishi shart.

Tele-, radio-, video, kinoxronikal dasturlar va ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa elektron shakllari tahririyati tomonidan olingan raddiya yoki javob aynan o‘sha dastur yoki turkumda, kelgan kunidan e’tiboran 1 oydan kechiktirmay efirga beriladi.

Agar raddiya yoki javobni e’lon qilish hajmi va vaqti ommaviy axborot vositasining faoliyatiga zarar etkazishi mumkin bo‘lsa, matnni axborot manbai yoki muallif bilan kelishilgan holda asoslangan tahrir qilishga yo‘l qo‘yiladi.

Ommaviy axborot vositasi raddiyani, javobni e’lon qilishdan bo‘yin tovlasa yoxud ularni e’lon qilish uchun belgilab qo‘yilgan muddatni buzsa, yuridik yoki jismoniy shaxs da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.

Chat