Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2567 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari axborot sohasida faoliyat olib boruvchi barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va idoralar, xo‘jalik sub’ektlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
  • Agentlikning markaziy apparati;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar);
  • «O`zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi;
  • G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi;
  • «O`qituvchi» matbaa uyi;
  • Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi;
  • «O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti;
  • «Ko‘zi ojizlar bosmaxonasi» davlat korxonasi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy nashriyotlar;
  • «O‘qituvchi» ilmiy-metodik nashriyot markazi;
  • Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi;
  • Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markaz;
  • Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislar tayyorlash kasb-hunar kolleji;
  • «O‘zdavkitobsavdota’minoti» MChJ kitob mahsulotlarini tarqatish korxonasi;
  • «Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi» davlat korxonasi.

Agentlikning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
  • fuqarolarning so‘z va axborot erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarining ro‘yobga chiqishini ta’minlash, mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, media-bozorda ular uchun teng sharoitlar yaratish, shuningdek, jurnalistlar huquqlarini himoya qilish;
  • ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatining rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ta’minlash, shuningdek, investitsiyalar jalb etish va davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;
  • axborot sohasidagi qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini umumlashtirish, ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatining rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilgari surish va ishlab chiqish; Boshqalar.

Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq ravishda quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi.

Manzil: Toshkent sh., 100129, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

Tel.: (+99871) 244-64-20

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatiga doir Yagona telefon raqam

Tel.: (+998 71) 244-24-36 (Umumiy bo‘lim)

E-mail: info@aimc.uz  ;  aoka@exat.uz

Chat