Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1968 marta o'qildi

O‘zbekiston xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila a’zolariga moddiy  yordam ko‘rsatadi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2022-yil 1-maydan boshlab Federatsiya mablag‘lari hisobidan har yili:

Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan:

Boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan oilalarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi.


Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida ro‘yxatda bo‘lgan yoki «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»dan biriga kiritilgan, nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi.


Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga etgan yoki I va II guruh nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo‘llanma beriladi.

Chat