Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2423 marta o'qildi

Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga o‘qishga qabul qilishda ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish bo‘yicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi.

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida qatnashayotgan eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan abiturientlar majburiy tartibda surdotarjimon xizmatlari bilan ta’minlanadi.

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining o‘qituvchi lavozimiga faqat dars o‘tiladigan imo-ishora tilini biladigan pedagog kadrlar ishga qabul qilinadi.

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonida ishtirok etish uchun «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur davlat xizmatini ko‘rsatishda belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Chat