Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2550 marta o'qildi

«Muruvvat» bolalar internat uylari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor bo‘lgan, 4 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatadigan davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.

«Muruvvat» bolalar internat uylariga qo‘yidagi tashxislar bilan qabul qilinadi:
  • mo‘’tadil darajadagi aqliy zaiflik;
  • og‘ir darajadagi aqliy zaiflik;
  • chuqur darajadagi aqliy zaiflik;
  • bolalarni ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga qabul qilishga to‘sqinlik qiluvchi gemiparez, paraparez va tetraparez asoratlari bo‘lgan mo‘’tadil darajadagi aqliy zaif bolalar tserebral falajligi;
  • intellektning qo‘pol buzilishiga olib kelgan bolalar shizofreniyasi;
  • dementsiya.

Qabul qilish bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.

Quyidagilar «Muruvvat» bolalar internat uylariga qabul qilishga qarshi ko‘rsatmalar hisoblanadi:
  • tez-tez, har oyda 5-martadan ko‘p tutqanoq xurujlari sodir bo‘ladigan epilepsiya, seriyali tutqanoq xurujlariga, epileptik statusga, namozshomsimon ong xiralashish holatlariga, disforiyalarga moyillik;
  • bemorning o‘zi va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan qo‘pol va xulqiy buzilishlar sabab bo‘ladigan ruhiy kasalliklar;
  • ular bilan kasallanganda bolani umumta’lim yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qitish mumkin bo‘lgan har qanday ruhiy kasalliklar;
  • jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
  • yuqumli teri va soch kasalliklari;
  • o‘tkir yuqumli kasalliklar;
  • salbiy jarayondagi, yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
  • tanosil kasalliklari.

«Muruvvat» bolalar internat uylariga qabul qilish chog‘ida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan shaxslar hududiy davolash profilaktika muassasalariga yuboriladi.

«Muruvvat» bolalar internat uylariga yuborish, shuningdek, biridan ikkinchisiga o‘tkazish Ijtimoiy himoya milliy agentligining Vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga yuborish, shuningdek biridan ikkinchisiga o‘tkazish (ko‘chirish) bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq hududiy boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. 

Ota-onaning, farzandlikka oluvchining, vasiylik va homiylik bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tayinlangan vasiy yoki homiyning vasiylikka olinayotganni «Muruvvat» bolalar internat uyiga rasmiylashtirish uchun doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi tuman (shahar) tuman (shahar) «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i nomiga arizasi, kunduzgi parvarishlash guruhiga «Muruvvat» bolalar internat uyi direktori nomiga arizasi asosida Markaz vasiylikka olinuvchilar hujjatlarining to‘liqligini tekshirib, ularni har bir vasiylikka olinuvchi bo‘yicha alohida jildlarga joylashtirgan holda hujjatlar qabul qilib olingan kundan boshlab 10 kun ichida hududiy boshqarmalarga yuboradi.

Chat